Yevropa ligasida Siti darvozabonlari bir-biriga raqib bo'ldi

UEFA Yevropa ligasining ilk pley-off uchrashuvida «Fenerbahche» va «Nottingem Forest» to'qnashuvi qiziqarli detal bilan yodda qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turk jamoasining darvozasini Ederson Moraes qo'riqlamoqda. Mashhur braziliyalik posbon avval bir necha mavsum «Manchester Siti» safida to'p surib, «shaharliklar» bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Mehmonlar darvozasi esa Shtefan Ortega ixtiyorida. Nemis darvozabon uzoq vaqt «Siti»da Edersonning zaxiradagi varianti sifatida maydonga tushib kelgan. Uchrashuv oldidan ikki posbon bir-birini iliq qarshi oldi.
«Fenerbahche» – «Nottingem Forest» bahsining matnli translyatsiyasi portalimizda yoritilmoqda. Ayni damda birinchi bo'lim davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing