date

Yuventus Spallettining kelajagi bo'yicha rejani belgiladi

Yuventus Spallettining kelajagi bo'yicha rejani belgiladi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spallettining kelajagi hanuz aniq emas. Mutaxassisning amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tomonlar bahor oylarida uchrashib, hamkorlikni davom ettirish shartlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, agar jamoa joriy A Seriyasi mavsumini kuchli to'rtlikda yakunlasa, murabbiy bilan bitim uzaytirilishi ehtimoli yuqori. Biroq "byankoneri" kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, 66 yoshli mutaxassis bilan xayrlashish variantini ham ko'rib chiqishlari mumkin. Bunday holatda klub 3-4 nafar ehtimoliy nomzodni muqobil variant sifatida ko'rib chiqadi.

Spalletti "Yuventus"ni o'tgan yil oktyabr oyi oxirida qabul qilib olgan. Hozirda "Qari sinyora" A Seriya jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spallettining kelajagi bo'yicha rejani belgiladi