Argentina futboli rahbari korrupsiya ishida so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani bo'yicha ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumonlanuvchi sifatida qayd etilgan. Huquq-tartibot idoralari har ikki mansabdorga ham mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, AFA to'lashi kerak bo'lgan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat g'aznasida 13 million dollar kamomad aniqlangan.
Shuningdek, Tapia mulkidagi 10 gektarlik, vertolyot maydonchasi bor qo'rg'on ham tekshiruv e'tiboriga tushgan.
Prokuraturani alohida masala sifatida futbolchilarga berilgan bonuslar hajmi ham qiziqtirmoqda: bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan past ekani ta'kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!