date

Argentina futboli rahbari korruptsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futboli rahbari korruptsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani bilan bog'liq ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikki mansabdorga mamlakatni tark etishni taqiqladi.

So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy badallar bo'yicha byudjetga 13 million dollar tushmagani haqidagi ma'lumotlardan keyin boshlangan.

Tapia mulkiga tegishli, 10 gektarlik va vertolyot maydonchasiga ega qo'rg'on ham shubhali aktivlar ro'yxatiga tushgan.

Prokuratura alohida tarzda futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdorini ham tekshirmoqda: bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan past ekani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korruptsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi