date

PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

PSJ rasmiy sayti jamoa futbolchilarining tibbiy holati yuzasidan yangilangan ma'lumotni e'lon qildi. Unda Yevropa Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda jarohat olgan hujumchi Usmon Dembele haqida ham so'z boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parij klubi xabariga ko'ra, boldir mushagida noqulaylik sezgan Dembele yaqin kunlarda mashg'ulotlarni asosan zalda olib boradi.

Shu sabab, Dembele shanba kuni Fransiya chempionatidagi uchrashuvni o'tkazib yuboradi — PSJ o'z maydonida «Mets»ni qabul qiladi.

Shuningdek, yarim himoyachi Fabian Ruiz individual mashg'ulotlarga qaytgani qayd etildi.

Hozirda PSJ Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Lans»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Dembele jarohati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi