Yevropa Ligasi pley-offida Fenerbahche va Nottingem Forrest bahsi kutilmoqda

Yevropa Ligasi pley-off bosqichining ilk styk uchrashuvida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingem Forrest»ni qabul qiladi. Bo‘lajak to‘qnashuv oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Elagin o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Elaginning ta’kidlashicha, «Nottingem» Angliya Premer-ligasida quyi pog‘onalar atrofida yurgan bo‘lsa-da, Yevropa Ligasi o‘yinlarida munosib ko‘rinmoqda. Uningcha, bu bahsda yaqqol favorit yo‘q, shu sababli gollar bo‘yicha variant mantiqiy: prognoz — 2-3 ta gol.
«Fenerbahche» — «Nottingem Forrest» uchrashuvi bugun, 19-fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing