Bavariya Oliseni yozda hech qanday holatda sotmaydi

"Bavariya" qanot hujumchisi Maykl Olise joriy mavsumda barqaror va samarali o'yin ko'rsatmoqda. Shu sabab u vaqti-vaqti bilan Premyer-liganing yirik klublari, xususan "Liverpul" bilan bog'lanmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Myunxen klubi rahbariyati aniq qarorga kelgan: kelasi yozda Olise hech qanday holatda sotilmaydi. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Olise uchun klubning bunday pozitsiyasi muammo emas. Fransuz futbolchi "Bavariya"da o'zini baxtli his qilayotgani va aynan Myunxenda o'z imkoniyatlarining eng yuqori nuqtasiga chiqqanini his qilayotganini ta'kidlanadi.
Maykl Olise "Bavariya"ga 2024 yil iyul oyida "Kristal Pelas"dan o'tgandi. Shundan beri u 89 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol va 48 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!