Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikki shaxsga mamlakatni tark etishni taqiqlagan.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, AFA tomonidan to'lanishi kerak bo'lgan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat budjeti 13 million dollar miqdorida mablag'ni ololmagan.
Shuningdek, Tapia nomida rasmiylashtirilgan, 10 gektarlik va vertolyot qo'nish maydonchasiga ega ko'chmas mulk ham tekshiruv organlari e'tiborini tortgan.
Prokuratura futbolchilarga berilgan bonuslar hajmi masalasini ham o'rganmoqda: ayrim ma'lumotlarda bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham past ekani qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!