Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ladi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o'rnini egallashga yaqin. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Madridning “Real” klubini avval boshqargan Zidan jahon chempionati yakunlanganidan so'ng “uch ranglilar”ni qabul qilib oladi. Shunday qilib, u besh yillik tanaffusdan keyin yana murabbiylik faoliyatiga qaytadi.
Eslatib o'tamiz, Dide Desham 2012 yil yozidan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo'ladi, uchinchi jamoa esa saralash pley-offlari natijasiga ko'ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o'tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!