date

G‘azoda 300 juftlik ishtirokida yirik ommaviy to‘y o‘tkazildi

G‘azoda 300 juftlik ishtirokida yirik ommaviy to‘y o‘tkazildi

24 aprel kuni G‘azo sektori markazida 300 juftlik ishtirokida keng ko‘lamli ommaviy nikoh marosimi tashkil etildi. Mazkur tadbir Al Jazeera xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari ko‘magida o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, bu G‘azodagi eng yirik jamoaviy to‘ylardan biri bo‘lib, unda minglab mehmonlar, jumladan, oilalar, jamoat yetakchilari hamda mahalliy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan. Tashkilotchilar hisobiga ko‘ra, marosimda qariyb 20 ming kishi qatnashgan.

Ushbu tashabbus BAA tomonidan amalga oshirilayotgan “Gallant Knight 3” insonparvarlik operatsiyasi doirasida, “Joy Dress 2” shiori ostida yo‘lga qo‘yilgan. Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — turmush qurish arafasida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga yangi hayotni boshlashda amaliy yordam berishdan iborat.

Qayd etilishicha, juftliklar minglab nomzodlar orasidan saralab olingan. Tanlov jarayonida ilgari turmush qurmagan, ijtimoiy holati va daromad darajasi belgilangan mezonlarga mos keladigan G‘azo aholisi ustuvor ravishda tanlangan.

Loyiha doirasida nafaqat to‘y marosimi tashkil etilgan, balki yangi oilalarga moddiy va moliyaviy ko‘mak ham ko‘rsatilgan. Jumladan, to‘y xarajatlari qoplab berilgan, shuningdek, ularning dastlabki ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun zarur vositalar taqdim etilgan.

Bayramona tadbir an’anaviy va rasmiy unsurlar uyg‘unligida o‘tgan. Unda Qur’on tilovati yangrab, nikohlar rasman e’lon qilingan, shuningdek, falastinliklarning milliy “dabke” raqsi ijro etilib, ishtirokchilarga unutilmas kayfiyat ulashilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda 300 juftlik ishtirokida yirik ommaviy to‘y o‘tkazildi