date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi jahon chempionati yakunidan keyin “uch ranglilar”ni boshqaradi. Shu tariqa Zidan besh yillik tanaffusdan so‘ng murabbiylik faoliyatiga qaytadi.

Didye Desham 2012 yil yozidan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa pley-off o‘yinlari natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin turibdi