date

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubida to‘p surgan sobiq yarim himoyachi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futbolidagi hozirgi holat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning ta’kidlashicha, Italiya futboli inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: terma jamoa jahon chempionatiga bormay qolish xavfi ostida. Radimov fikricha, klublar legionerlar hisobidan natija ko‘rsatib turgani bilan, milliy jamoaning umumiy darajasi past.

Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi va endi Jyenaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa pley-off uchrashuvlarida qatnashadi.

2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Radimov Italiya terma jamoasi saviyasini past baholadi