Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ladi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Deshamning o'rnini egallash arafasida. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Madridning «Real» klubini boshqargan Zidan navbatdagi jahon chempionati yakunlangach «uch ranglilar»ni qabul qilib oladi. Shu tariqa u murabbiylik faoliyatiga besh yillik tanaffusdan so'ng qaytadi.
Eslatib o'tamiz, Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundialda fransuzlar guruh bosqichida Senegal va Norvegiya bilan to'qnash keladi, uchinchi raqib esa saralashdagi pley-off uchrashuvlari natijasiga ko'ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!