Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va «Istanbul Bashakshehir» klubi a’zosi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida eng sermahsul o‘yinchi sifatida ajralib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 fevral holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan), u «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘argan: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu ko‘rsatkich bilan Shomurodov turnirning to‘purarlari ro‘yxatida ham yetakchilik qilmoqda.
«Galatasaroy» yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan taqqoslanganda, Shomurodovning natijasi ancha yuqori. Ikardi barcha o‘yinlarda 13 gol urgan bo‘lsa, Osimhen milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan cheklanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Amerikada o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!