date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi va "Istanbul Bashakshehir" hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida hozircha eng sermahsul o'yinchi sifatida qayd etilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko'ra, Shomurodov "gol+pas" tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu natija bilan u chempionat to'purarlari ro'yxatida ham peshqadam bo'lib turibdi.

"Galatasaray" yulduzlari bilan solishtirilganda, Eldor ikkala raqibidan ham ancha oldinda. Mauro Ikardining barcha musobaqalardagi gollari 13 tani tashkil etayotgan bo'lsa, Viktor Osimhen milliy chempionatda 9 ta gol bilan kifoyalangan.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov to'p surayotgan O'zbekiston terma jamoasi 2026 yil Shimoliy Amerikada o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi