Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va «Istanbul Bashakshehir» klubi a’zosi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng ko‘p gol urayotgan futbolchi sifatida yetakchilikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U shu tariqa turnir to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.
«Galatasaroy» yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan solishtirilganda, Shomurodovning ko‘rsatkichlari ancha yuqori. Ikardi barcha musobaqalarda 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Osimhen milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan cheklanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p tepayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!