Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan yaqin orada Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgani haqida insayder Fabritsio Romano xabar berdi. Avval Madridning “Real” klubini boshqargan Zidan navbatdagi jahon chempionati yakunlangach “uch ranglilar”ni qabul qilib oladi va shu tariqa besh yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatiga qaytadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Didye Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlar Senegal va Norvegiya bilan bahs olib boradi, uchinchi raqib esa pley-off o‘yinlari natijasiga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing