date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va Istanbul Basakshehir klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul o‘yinchi bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu ko‘rsatkich bilan u turnir to‘purarlar ro‘yxatida ham yetakchilik qilmoqda.

Galatasaray yulduzlari bilan taqqoslaganda ham Eldor ancha oldinda: Mauro Ikardining barcha uchrashuvlardagi gollari 13 tani tashkil etsa, Viktor Osimxen milliy chempionat doirasida 9 martagina raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p tepayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Amerikada o‘tkaziladigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi