Kerер PSJga qarshi maksimumda o'ynash kerakligini aytdi

“Monako” himoyachisi Tilo Kerer Yevropa Chempionlar ligasi pley-offidagi “PSJ”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchiga ko'ra, Fransiyaning eng kuchli jamoasiga qarshi maydonga chiqishda “Monako” bor imkoniyatini ishga solishi va o'zidan ham yuqori darajada o'ynashi shart. Kerer jamoa oxirigacha kurashishini ta'kidladi.
U “Lans”ga qarshi bahsni misol qilib keltirib, tanaffusdan keyin jamoa juda yaxshi harakat qilgani, o'yin borishini o'zgartirib, uch ochkoni qo'lga kiritganini eslatdi.
“PSJ” — “Monako” javob uchrashuvi 25 fevral kuni Parijdagi stadionda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda monakoliklar 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing