date

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to‘lanmagani haqidagi ish doirasida prokuraturaga so‘roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda AFA g‘aznachisi Pablo Tovigino ham gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot organlari har ikki mansabdorga mamlakatni tark etishni taqiqladi.

So‘roq 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Tergov AFA tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan ijtimoiy badallar bo‘yicha davlat g‘aznasida 13 million dollar yetishmovchiligi aniqlangach boshlangan.

Shuningdek, Tapia mulkida qayd etilgan, vertolyot qo‘nish maydonchasiga ega 10 gektarlik qo‘rg‘on ham tekshiruvchilar e’tiborida.

Prokuraturani futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdori ham qiziqtirmoqda: hujjatlarda bu ko‘rsatkich Tapianing dunyo bo‘ylab parvoz xarajatlaridan past ekani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi