Samarqandda voyaga yetmagan qizlarga nisbatan zoʻravonlik holati tekshirilmoqda

1 daqiqa o'qish1.1K
Samarqandda voyaga yetmagan qizlarga nisbatan zoʻravonlik holati tekshirilmoqda

Samarqand viloyati Toyloq tumanida ikki nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan zoʻravonlik holati aniqlanib, bu boʻyicha tekshiruv ishlari boshlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro M.S. oʻz qaramogʻida boʻlgan 2017 va 2019 yillarda tugʻilgan qizlarga nisbatan bosim oʻtkazgan. Uning maqsadi bolalarning xorijda boʻlgan onasidan pul undirish boʻlgani aytilmoqda.

Tekshiruv davomida ayol bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazgani, shuningdek, ushbu holatlarni videoga olgani maʼlum boʻlgan.

Bolalar ombudsmani hududiy vakili voqea joyiga borib, ularni himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrgan.

Hozirda tuman ichki ishlar organlari tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, vasiylik organi M.S.ni vasiylik huquqidan mahrum qilgan. Bolalarga yetkazilgan jarohatlarni aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Qizlarning ruhiy holatini tiklash maqsadida psixologlar jalb etilgan. Ular hozirda oilaviy bolalar uyiga joylashtirilib, taʼlim muassasalariga rasmiylashtirilgan.

Mutaxassislar bolalarning xorijdagi onasining ota-onalik majburiyatlarini bajarish darajasini ham oʻrganmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?