Toshkent viloyatida FVB rahbari 63 ming dollar pora bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish12.1K
Toshkent viloyatida FVB rahbari 63 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida favqulodda vaziyatlar tizimiga aloqador mansabdor shaxs pora bilan qoʻlga olindi.

Maʼlumotlarga koʻra, u tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha tadbirkorga yordam berishini aytib, katta miqdorda pul talab qilgan.

Xususan, 5,04 milliard soʻmlik loyihalarni oʻz aloqalari orqali hal qilib berishini bildirib, masʼul shaxs MCHJ rahbaridan 63 ming AQSH dollari soʻragan.

Aniqlanishicha, u 2026 yil mart–aprel oylarida ushbu mablagʻning 24 ming dollarini olgan va qolgan qismini ham talab qilishda davom etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor yana 25 ming dollarni olayotgan paytida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?