Qoʻqon va Bekobodda noqonuniy tamaki va alkogol savdosi fosh etildi

1 daqiqa o'qish591
Qoʻqon va Bekobodda noqonuniy tamaki va alkogol savdosi fosh etildi

Qoʻqon va Bekobod shaharlarida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida tamaki va alkogol mahsulotlarining noqonuniy savdosi holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga koʻra, Qoʻqonda tadbirkor oʻz doʻkonida aksiz markasisiz tamaki mahsulotlarini hamda xorijda ishlab chiqarilgan elektron sigaretalarni sotuvga qoʻygani fosh etilgan.

Tekshiruv natijasida umumiy qiymati 288,2 million soʻm boʻlgan 14 mingdan ortiq qutti tamaki mahsulotlari aniqlanib, musodara qilingan.

Bekobod shahrida esa MCHJ rahbari savdo nuqtasida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari va hujjatlarsiz tamaki mahsulotlarini sotgani maʼlum boʻlgan.

Bu yerda 619 dona alkogol mahsuloti hamda 1 200 dan ziyod qutti tamaki mahsuloti noqonuniy ravishda savdoga chiqarilgani qayd etilgan.

Har ikki holat boʻyicha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan va tegishli moddalar asosida jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov jarayonlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?