Kererlarga ko'ra Monako PSJga qarshi maksimumda o'ynashi shart

Monako himoyachisi Tilo Kerer YeFA Chempionlar Ligasi pley-offidagi PSJga qarshi javob uchrashuvi oldidan jamoa kayfiyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kererning ta'kidlashicha, Monako fransiyaning eng kuchli jamoasiga qarshi o'z imkoniyatlarining eng yuqori cho'qqisida o'ynashi, hatto odatdagidan ham yuqoriroq natija ko'rsatishi kerak. U futbolchilar oxirigacha kurashishga tayyorligini ham qo'shimcha qildi.
Himoyachi buni avvalgi turda Lansga qarshi bahsda ko'rsatishganini eslatdi: tanaffusdan keyin jamoa ancha faol bo'lib, o'yin oqimini o'zgartirgan va uch ochkoni qo'lga kiritgan.
PSJ va Monako o'rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Parijda bo'lib o'tadi. Birinchi o'yinda monakoliklar 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!