Aleksey Babir Denis Makarovning hozirgi ahvolini ma’lum qildi

Denis Makarovning manfaatlarini himoya qiladigan agent Aleksey Babir futbolchining sog‘lig‘i va jamoaga moslashuvi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, Moskvaning «Dinamo» klubidan Turkiyaning «Kayserispor» jamoasiga o‘tgan hujumchi yaqinda yengil jarohat olgandi.
Agentning aytishicha, Makarov to‘liq tiklangan va butun hafta davomida umumiy guruh bilan to‘laqonli mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. U jamoada o‘zini erkin his qilmoqda, hammasi yoqmoqda, faqat o‘sha kichik jarohat rejalarga biroz xalaqit bergan — aks holda u allaqachon ilk daqiqalardan o‘ynashni boshlagan bo‘lardi.
Makarov Turkiya chempionatida hozircha bitta uchrashuvda maydonga tushib, 30 daqiqa harakat qilishga ulgurdi.
Yakshanba kuni «Kayserispor» Turkiya chempionatining 23-turi doirasida «Antalyaspor»ga qarshi bahs o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!