date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi sifatida yetakchilikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘argan: u 16 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Shu bilan birga, u turnir to‘purarlar ro‘yxatida ham birinchi o‘rinda bormoqda.

«Galatasaray» yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan taqqoslaganda, Shomurodovning ko‘rsatkichlari ancha yuqori. Ikardining barcha o‘yinlardagi gollari 13 tani tashkil etsa, Osimhen milliy chempionat doirasida 9 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Amerikada o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi