date

Mourinyu Vinisius mojarosi ortidan tanqidlarga javob berdi

Mourinyu Vinisius mojarosi ortidan tanqidlarga javob berdi

Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi bahsdan keyingi mojaro «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu atrofida keskin muhokamalarni keltirib chiqardi. Mutaxassis klubni rasizmda ayblash noto‘g‘riligini ta’kidlab, «Benfika»ni irqchilikdan yiroq jamoa sifatida himoya qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin davomida Vinisius Junior «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini rasizmda ayblagan. Mourinyu esa braziliyalik hujumchining golni nishonlash uslubini provokatsion deb baholab, vaziyatning yanada keskinlashganiga ishora qildi. Ushbu holat yuzasidan UEFA rasmiy surishtiruv boshladi.

Mourinyuni tanqid qilganlar orasida «Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani ham bor. «Men buni izohlashni xohlamayman. Qaytaraman: bu hamma uchun qiyin bo‘ldi — qaysi darajada qiyinchilik bo‘lganini aniq aytmayman, ammo barchaga oson bo‘lmagani ravshan», — deya Mourinyuning so‘zlarini O Jogo keltirdi.

«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourinyu Vinisius mojarosi ortidan tanqidlarga javob berdi