Mourinyu Vinisius mojarosidan keyin tanqidga javob berdi

Chempionlar ligasida «Real»ga qarshi bahsdan so‘ng «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu keskin tanqidlar ostida qoldi. U jamoasini himoya qilib, «Benfika»ni irqchilikka aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, Mourinyu Vinisius Juniordan ham norozi bo‘lib, golni nishonlashdagi harakatlarini provokatsion deb baholadi. Uchrashuv davomida Vinisius «Benfika» futbolchisi Janluka Prestiannini o‘ziga nisbatan irqchilikda ayblagani aytilmoqda, UEFA esa holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Mourinyuni tanqid qilganlar orasida «Bavariya» murabbiyi Vensan Kompani ham bor. Portugaliyaning O Jogo nashriga ko‘ra, Mourinyu bu mavzuni kengaytirishni istamadi: «Buni izohlashni xohlamayman. Faqat shuni aytaman, bu hamma uchun murakkab bo‘ldi — qaysi darajada qiyin bo‘lganini ochiqlamayman, ammo hammaga oson bo‘lmadi», — dedi u.
«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!