date

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Istanbul Bashakshehir” safida Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi boʻlib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga koʻra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov “gol+pas” tizimida 20 ochko jamgʻardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U turnirning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida ham birinchi oʻrinni egallab turibdi.

“Galatasaroy” yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan taqqoslaganda, Eldor ulardan ancha oldinda. Ikardining barcha o‘yinlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan cheklanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Shomurodov toʻp surayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2026 yil Shimoliy Amerikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi