PSJ Joau Nevesh bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytiradi

“Pari Sen-Jermen” yarim himoyachisi Joau Nevesh klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvning barcha bandlarini kelishib oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.Ru” Fabritsio Romanoga tayanib. 21 yoshli futbolchining maoshi ham oshiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nevesh 2024 yil yozida “Benfika”dan PSJga ko‘chib o‘tgan, transfer qiymati 65 million yevrodan oshgani aytiladi. Portugaliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi esa 2029 yilgacha kuchga ega.
Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasi safida barcha musobaqalarda 23 o‘yinda maydonga tushgan Nevesh 6 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing