date

PSJ Joau Nevesh bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishdi

PSJ Joau Nevesh bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishdi

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Joau Nevesh klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Manbalarga ko'ra, tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan kelishuv shartlarini to'liq muvofiqlashtirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, 21 yoshli portugaliyalik futbolchining maoshi ham oshiriladi. Nevesh PSJ safiga 2024 yil yozida «Benfika»dan 65 million yevrodan ortiq mablag' evaziga kelib qo'shilgandi, uning amaldagi shartnomasi esa 2029 yilda yakunlanishi kerak.

Joriy mavsumda Luis Enrike jamoasida Nevesh barcha musobaqalarda 23 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Joau Nevesh bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishdi