date

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi sifatida peshqadamlik qilmoqda. Hozirda u «Istanbul Basakshehir» safida maydonga tushmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko‘ra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘argan: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu ko‘rsatkich bilan u turnir to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Galatasaray» yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan taqqoslanganda, Shomurodovning natijalari ancha yuqori. Ikardi barcha o‘yinlarda 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Osimhen milliy chempionat doirasida atigi 9 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p tepayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi