Al-Nasr bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Nasr» rahbariyati Jezushning ishidan mamnun va kelasi mavsumda ham uni jamoa boshqaruvida ko‘rishni xohlamoqda.
Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etsa, Jezush ham ketishi mumkinligi haqida gaplar tarqalgan edi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyati borligini ma’lum qildi.
Jezush jamoani o‘tgan yil iyul oyida qabul qilib olgandi. Hozirda «Al-Nasr» chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing