Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishidan hayratda emas

Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli futbolchi Lennart Karl karyerasidagi tezkor ko‘tarilish uni unchalik hayratga solmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yosh hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda bundesliga grandining asosiy tarkibida muntazam maydonga tushmoqda. 22 fevral kuni u 18 yoshga to‘ldi.
«Ba’zan bo‘layotgan voqealardan o‘zim ham hayron qolgan paytlarim bo‘ladi, lekin ich-ichimdan bunga qodirligimni bilardim. Juda ko‘p mehnat qildim. Albatta, xursandman, biroq o‘sishga joy doim bor. Umid qilamanki, keyinroq yanada ko‘proq gol uraman, assistlarim ham ko‘payadi va qolgan jihatlarda ham qo‘shaman», — deya Karlning so‘zlarini Kicker’ga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» keltirdi.
28 fevral, shanba kuni «Bavariya» bundesligada safarda eng yaqin ta’qibchisi — Dortmundning «Borussiya»siga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!