date

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasida eng sermahsul o‘yinchi sifatida peshqadamlikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘argan: 16 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan. Shu natija uni turnir to‘purarlari ro‘yxatining birinchi pog‘onasiga olib chiqdi.

«Galatasaray» yulduzlari bilan taqqoslaganda ham Eldorning ko‘rsatkichlari yuqoriroq: Mauro Ikardining barcha o‘yinlarda 13 ta goli bor, Viktor Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p surayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yil Shimoliy Amerikada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi