Kavani muxlislar norozi, Bokadagi kelajagi so'roq ostida

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani «Boka Huniors»ni tark etishi mumkin. Gap uning o'zi ketishni xohlayotganida emas, balki klub atrofidagi bosim tobora kuchayayotganida. Kavanining o'yini muxlislarni qoniqtirmayapti va u tobora ko'proq hushtakbozlikka uchramoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So'nggi uchrashuvda ham shunday holat kuzatildi: «Matador» almashtirilayotgan paytda tribunalardan keskin hushtaklar yangradi. Biroq zaxiradan tushgan futbolchi vaziyatni o'zgartira olmadi — «Boka» «Platense» darvozasini ishg'ol eta olmadi va o'yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Shundan so'ng Argentina OAV Kavanining shartnomasini uzaytirish masalasiga juda ehtiyotkor baho bermoqda. Ustiga ustak, klub pargvaylik Adam Bareyroni ham tarkibga qo'shib oldi va ko'pchilik aynan u 39 yoshli tajribali futbolchini asosiy tarkibdan siqib chiqarishini kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!