date

Musiala Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosi haqida fikr bildirdi

Musiala Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosi haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Jamal Musiala Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika» hamda Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahsda yuzaga kelgan mojaro haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Vinisius Juniar hakamga raqib qanot hujumchisi Janluka Prestianni tomonidan irqchilik ruhidagi haqoratga uchraganini bildirgan. Epizodda argentinalik futbolchi futbolkasi bilan og‘zini yopib, «Real» yulduziga nimadir degani qayd etilgan, biroq Prestianni ayblovni tan olmayapti.

Musialaning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada jamoa murabbiyi allaqachon muhim fikrlarni aytib o‘tgan. «Irqchilik — juda yoqimsiz mavzu. Men Viniga ishonaman, bunday vaziyatda u yolg‘on gapiradi, deb o‘ylamayman. U buni to‘g‘ri qabul qildi. Bu muammo ancha vaqtdan beri muhokamada, bunday holatlarni ko‘rish menga yoqmaydi», — deya Madrid Zone Musialadan iqtibos keltirdi.

«Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob o‘yini 25-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Musiala Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosi haqida fikr bildirdi