date

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Istanbul Bashakshehir” safida Turkiya chempionatida eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov “gol+pas” tizimida 20 ochko jamg‘ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu bilan u turnirning to‘purarlar ro‘yxatida ham peshqadam.

“Galatasaray” yulduzlari bilan taqqoslaganda ham Eldor ancha oldinda: Mauro Ikardining barcha o‘yinlardagi gollari 13 tani tashkil etadi, Viktor Osimhen esa milliy chempionatda 9 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilda Shimoliy Amerikada o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi