Fiorentina Pisa ustidan g'alaba qilib, qulash zonadan chiqdi

Italiya A seriyasining 26-tur dasturi qulash zonasi atrofida qolib ketgan «Fiorentina» va «Piza» o'rtasidagi uchrashuv bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
13-daqiqada Sher N'Dur bergan zarbani himoyachi qaytardi, biroq Moize Kin qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelib, hisobni ochdi — 1:0.
Ikkinchi bo'lim boshida bahsli epizod yuz berdi: 47-daqiqada Domilson Dodo jarima maydonida yiqilganiga qaramay, hakam penalti belgilamadi va aksincha, futbolchiga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko'rsatdi.
Mehmonlar hisobda ortda qolgan holda 77 daqiqadan ortiq vaqt o'ynagan bo'lsa-da, atigi ikki marta darvozani nishonga oldi va kambek qilishga kuchi yetmadi.
Natijada «Piza» turnir jadvalida so'nggi o'rin uchun kurashni davom ettirdi, «Fiorentina» esa uchinchi pastki pog'onada qolgan bo'lsa-da, qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga qulash zonasidan chiqib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!