Anchelotti Ronaldu tiklanish haqida o‘simlik misolini keltirdi

Hozir Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan mashhur murabbiy Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Anchelottining aytishicha, Ronaldu u ishlagan futbolchilar orasida eng professionallaridan biri. Murabbiy bir voqeani eslab, portugaliyalik yulduz bir safar unga: «Juda ko‘p suv o‘simlikni o‘ldiradi», deganini ta’kidladi. Anchelotti futbol jismonan katta yuklama talab qilishini, biroq tiklanish jarayoni ham nihoyatda muhimligini qo‘shimcha qildi: ko‘plab jarohatlar aynan ortiqcha zo‘riqish sabab yuz beradi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu hozir Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Ronaldu faoliyati davomida besh bor «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!