Al-Nasr Jorje Jezush bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistoni manbalariga ko'ra, «Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush klub bilan amaldagi kelishuvini uzaytirishi mumkin. Klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa ichida murabbiy ishidan mamnun: «Al-Nasr» Jezush bilan hamkorlikni keyingi mavsumda ham davom ettirishni istaydi.
Avvalroq Jezushning kelajagi Krishtianu Ronaldu bilan bog'lanayotgani haqida xabarlar tarqalgan, ya'ni portugaliyalik hujumchi yozda klubni tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi aytilgandi. Biroq yaqinda Ronaldu «Al-Nasr»da qolish niyatida ekanini bildirgan.
Jorje Jezush «Al-Nasr»ni o'tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Hozirda jamoa chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!