date

Fonseka JChni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Fonseka JChni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi

Donetskning "Shaxtyor"i va "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka siyosiy bayonoti bilan yana e'tibor markaziga tushdi. Mutaxassis 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShda o'tkazish g'oyasini tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning yondashuvi avvalo o'z manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan. U Tramp odamlar emas, ko'proq moliyaviy manfaatlar haqida o'ylashini ta'kidladi va "haqiqiy futbol muxlislari musobaqalashadigan joy AQSh bo'lmasligi kerak" degan mazmunda fikr bildirdi. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri iqtibos keltirdi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka JChni AQShda o'tkazishga qarshi chiqdi