Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan muzokarani davom ettirmoqda

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan shartnomani uzaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klubda Jezushning hozirgi ishlari yuqori baholanmoqda va keyingi mavsumda ham u bilan hamkorlikni davom ettirish istagi bor. Avvalroq, agar yozda Krishtianu Ronaldu jamoani tark etsa, Jezush ham ketishi mumkinligi aytilgandi, biroq hujumchi yaqinda «Al-Nasr»da qolish niyatini bildirgan.
Jorje Jezush jamoani o‘tgan yil iyul oyida qabul qilib olgan. Ayni paytda «Al-Nasr» chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing