date

Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni ijtimoiy tarmoqlarda ruhlantirdi

Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni ijtimoiy tarmoqlarda ruhlantirdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik tog‘ chang‘ichisi Lindsi Vonnni qo‘llab-quvvatladi. Sportchi 2026 yilgi qishki Olimpiadada og‘ir jarohat olgani xabar qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik hujumchi Vonnning irodasiga alohida urg‘u berib, u zabt etgan cho‘qqilar bilan uning ichki kuchini qiyoslab bo‘lmasligini ta’kidladi. Ronaldu sportchini kurashni davom ettirishga chaqirib, «afsonalar doimo yana tiklanadi» mazmunida ruhiy dalda berdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2023 yil yanvaridan beri Saudiya Arabistonida o‘ynamoqda. Uning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, hujumchining transfer qiymati esa 12 million yevroga baholanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Lindsi Vonnni ijtimoiy tarmoqlarda ruhlantirdi