date

Eldor Shomurodov Turkiya ligasining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi

Eldor Shomurodov Turkiya ligasining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi

O'zbekiston terma jamoasi va «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng samarali o'yinchi sifatida ajralib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 fevral holatiga ko'ra (Toshkent vaqti bilan) Shomurodov «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg'ardi: 16 ta gol va 4 ta assist. U ayni paytda turnir to'purarlar ro'yxatida ham yetakchilik qilmoqda.

«Galatasaroy» yulduzlari Mauro Ikaridi va Viktor Osimhen bilan taqqoslaganda, Shomurodovning ko'rsatkichlari ancha yuqori. Ikaridining barcha o'yinlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan, xolos.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov to'p surayotgan O'zbekiston milliy jamoasi Shimoliy Amerikada o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Turkiya ligasining eng sermahsul futbolchisi bo'ldi