Yuventus Ueston Makkennini jamoada olib qolishga yaqin

Amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenni Turin klubi «Yuventus» bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarni yakunlab, kelishuvning barcha bandlari bo'yicha bir to'xtamga kelgan. Rasmiy e'lon yaqin kunlarda berilishi kutilmoqda.
Makkennining «keksaygan sinyora» bilan amaldagi bitimi kelasi yozda yakuniga yetadi. Futbolchining transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ueston «Yuventus» safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 7 gol va 7 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing