date

Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt barobar oshirmoqchi

Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt barobar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi tarkibidagi yarim himoyachi Lennart Karlni saqlab qolish ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sky Sports xabariga ko'ra, yaqin vaqt ichida 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif etilishi kutilmoqda. Germaniya chempionlari Karlning mavsumlik maoshini 8 million yevrogacha ko'tarishga tayyor. Hozir esa u yiliga 2 million yevro oladi.

Lennart Karl — «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 31 o'yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 4 assist qayd etdi. Transfermarkt portali Karlning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Lennart Karl maoshini to'rt barobar oshirmoqchi