Marokko terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqdi

Marokko terma jamoasini boshqarib kelayotgan Valid Regragi lavozimini tark etish bo‘yicha ariza berdi. Bu haqda RMC Sport jurnalistlari xabar tarqatdi. Hozirda tomonlar hamkorlikni muddatidan avval yakunlash shartlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
50 yoshli mutaxassis faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, unga bir vaqtning o‘zida bir nechta klub qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Marokko terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqa Shimoliy Amerikada o‘tkazilib, uchrashuvlar AQSh, Meksika va Kanadadagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi.
Guruh bosqichida marokkoliklarning raqiblari Braziliya, Gaiti hamda Shotlandiya terma jamoalari bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing