date

Xedira Vinisiusning Alonso bilan chiqisha olmaganini aytdi

Xedira Vinisiusning Alonso bilan chiqisha olmaganini aytdi

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Sami Xedira Vinisius Junior nega jamoaning avvalgi murabbiyi Xabi Alonso bilan til topisha olmaganini tushuntirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik mutaxassis yanvar oyida, tayinlanganidan atigi olti oy o‘tib ishdan bo‘shatilgan. Odatda oktabrdagi “El klasiko”da Vinisiusning almashtirilgandagi keskin reaksiyasi Alonso uchun “yakun sari ilk qadam” bo‘lgani ta’kidlanadi.

“Karlo Anchelotti davrida Vini “Oltin to‘p”ga juda yaqin edi va mukofotga munosib ko‘rinardi. Xabining tizimi esa uni ko‘proq cheklab qo‘ydi, chunki Alonso alohida ijrochilardan ko‘ra jamoaviy struktura va intizomni ustun qo‘yishga odatlangan. Arbeloa qo‘l ostida Vinisius yana erkinlikni his qildi — buning ta’sirini hozirdan ko‘ryapmiz”, — deya Xediradan iqtibos keltiradi Madrid Zone.

Vinisius Junior “qaymoqranglilar” safidagi so‘nggi to‘rt uchrashuvda beshta gol muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xedira Vinisiusning Alonso bilan chiqisha olmaganini aytdi