Bavariya Lennart Karlga maoshni to'rt barobar oshirmoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyachi Lennart Karlni jamoada olib qolish ustida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sky Sports xabariga ko'ra, yaqin kunlarda 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif etilishi kutilmoqda. Germaniya chempionlari Karlning mavsumlik maoshini 8 million yevrogacha ko'tarishga tayyor, hozirda u yiliga 2 million yevro oladi.
Lennart Karl «Bavariya» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Bu mavsum u barcha musobaqalarda 31 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Karlning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing